Antuan Semeno “Manchester Siti”ga o‘tdi – Romano
Sport
−
07 yanvar 2281 1 daqiqa
“Manchester Siti” “Bornmut” jamoasining qanot hujumchisi Antuan Semeno bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, transfer summasi 75 million yevroni tashkil qiladi. Semeno joriy yilning 8 yanvar kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tgandan so‘ng, klub bilan uzoq muddatli shartnoma imzolaydi.
Xabarlarga qaraganda, ganalik futbolchi Angliya Premer-ligasining yana to‘rtta klubidan tushgan takliflarni rad etib, aynan “Siti”ni tanlagan. Uning ispaniyalik murabbiy Xosep Gvardiola qo‘l ostida o‘ynash istagi mazkur transferda hal qiluvchi omil bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 25 yoshli Antuan Semeno Angliya Premer-ligasida 19 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Live
Barchasi