Arbeloa “Real” sardori bilan deyarli aloqa qilmadi – OAV
Sport
−
19:09 642 1 daqiqa
“Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoa sardori Daniel Karvaxal bilan deyarli aloqada qilmayapti. Bu haqda “El Chiringuito” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” himoyachisi o‘zini o‘yinlarga tayyor deb hisoblamoqda, biroq bosh murabbiy uning nega zaxirada qolayotganiga izoh bermagan.
Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, matbuotda Karvaxal hatto o‘yinoldi mashg‘ulotlarida ham qatnashmayapti. Jamoaning asosiy sardori hisoblangan futbolchining “Real Madrid” bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, himoyachi 2013 yildan buyon “Real Madrid” safida to‘p surib keladi. Shu vaqt ichida u barcha musobaqalarda 436 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urgan hamda 65 ta golli uzatma muallifiga aylangan.
Joriy mavsumda esa Karvaxal “Real Madrid” safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, hozircha gol urmagan. “Transfermarkt” portaliga ko‘ra, futbolchining transfer qiymati 7 million yevroga baholanmoqda.