Argentina FIFA reytingida birinchi o‘ringa qaytdi
Sport
−
05 iyun 1337 1 daqiqa
Kecha, 4 may kuni Fransiya va Ispaniya terma jamoalarining o‘rtoqlik uchrashuvlaridagi muvaffaqiyatsizligidan so‘ng Argentina terma jamoasi FIFA onlayn reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Fransuzlar Kot-d’Ivuarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lganidan so‘ng 7,89 reyting ochkosidan mahrum bo‘ldi va natijada uchinchi o‘ringa tushib ketdi.
Ispaniya ham Iroq bilan 1:1 hisobidagi durangdan keyin 3,38 ochko yo‘qotdi. Shunga qaramay, ispaniyaliklar jahon reytingida ikkinchi o‘rinni saqlab qoldi. Marokash Madagaskar ustidan 4:0 hisobida g‘alaba qozongach, bir pog‘ona yuqorilab, yettinchi o‘ringa ko‘tarildi. Aksincha, Niderlandiya Jazoirga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lib, 6,78 ochko yo‘qotdi va sakkizinchi o‘ringa tushib ketdi. 2026 yilgi Jahon chempionati boshlanishiga bir hafta vaqt qolgani sababli, ko‘plab milliy terma jamoalar musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazmoqda. Shu bois yaqin kunlarda FIFA reytingida yana bir qator o‘zgarishlar kuzatilishi mumkin.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston milliy terma jamoasi Kanadaga qarshi uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan so‘ng FIFA’ning onlayn jadvalida 4 ochko yo‘qotgan bo‘lishiga qaramay hali ham 1461,21 ochko bilan 50-o‘rinni egallab turibdi. FIFA milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini joriy yilning 11 iyun kuni rasman e’lon qiladi.
Live
Barchasi