Mbappening transfer narxi keskin pastladi
Sport
−
05 iyun 4789 1 daqiqa
Bugun, 5 iyun kuni “Transfermarkt” portali Ispaniya La Ligasi futbolchilarining bozor qiymatini yangiladi. Unga ko‘ra, “Real Madrid” va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappening transfer qiymati 20 million yevroga kamaydi.
Yangilangan baholash natijasiga ko‘ra, “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappening transfer qiymati 20 million yevroga kamaytirildi. Endi fransuz futbolchisining bozor narxi 180 million yevroni tashkil etmoqda. Ilgari u 200 million yevro deb baholangan edi.
Bozor qiymati pasayganiga qaramay, Mbappe Madrid klubi safida samarali mavsum o‘tkazdi. O‘tgan mavsumda 27 yoshli hujumchi klub uchun 44 ta uchrashuvda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi va mavsumning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq portugaliyalik yulduz Krishtianu Ronalduning transfer qiymati 12 million yevrodan 10 million yevroga tushgandi.
Live
Barchasi