“Arsenal”ga qarshi final va JCH oldidan Dembele jarohat oldi
Sport
−
18 may 1460 1 daqiqa
Kecha, 17 may kuni “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usman Dembele Fransiya chempionatining 34-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuvda jarohat oldi.
PSJ safarda “Parij”ga qarshi bahs olib bordi. Dembele birinchi bo‘lim o‘rtalarida noqulaylik his qilgani sababli almashtirishni so‘radi va 27-daqiqada uning o‘rniga Gonsalu Ramush maydonga tushdi. Fransiyalik hujumchi zaxira o‘rindig‘iga yo‘l olar ekan, darhol maydonga o‘tirib qoldi.
PSJ mavsumni 30 may kuni “Arsenal”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi final uchrashuvi bilan yakunlaydi.
Dembele shuningdek, 11 iyun kuni AQSH, Kanada va Meksikada start oladigan jahon chempionati uchun Fransiya terma jamoasi tarkibiga ham chaqirilgan edi.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Dembele amaldagi “Oltin to‘p” sohibi hisoblanadi. U joriy mavsumda barcha musobaqalarda 40 ta o‘yinda ishtirok etib, 19 ta gol urdi.

Live
Barchasi