Avstraliyadagi eng yirik neft zavodi yonib ketdi (video)

Olam

image

Bugun, 16 aprelga o‘tar kechasi, Avstraliyaning Jilong shahrida yirik yong‘in yuz berdi – mamlakatdagi eng katta neftni qayta ishlash zavodlaridan biri yonib ketdi. Bu haqda ABC telekanali xabar berdi.

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, favqulodda hodisa Viva Energy zavodida sodir bo‘lgan. Avstraliya Energetika vaziri Kris Bouen hodisa sabablarini izohlar ekan hozircha hukumat voqeani baxtsiz hodisa deb baholayotganini ma’lum qilgna. Vakolatli xizmatlar tomonidan o‘t qo‘yish yoki boshqa shubhali holatlar aniqlanmagan.

Yong‘in xavfsizligi xizmatining aniqlik kiritishicha, alanga avtomobil benzini bo‘limida boshlangan. Taxminlarga ko‘ra, u yerda sizib chiqish va bir nechta portlash sodir bo‘lgan. Hozirda yong‘in o‘chirilgan, biroq rasmiylar zavoddagi ushbu hodisa benzin ishlab chiqarish hajmining kamayishiga sabab bo‘lishidan xavotirda. Ma’lum qilinishicha, korxona ehtiyot choralari sifatida dizel yonilg‘isi va aviakerosin ishlab chiqarishni kamaytirilgan hajmda davom ettiradi.

Ma’lumot uchun, Viva Energy zavodi Viktoriya shtatidagi yonilg‘ining 50 foizini va butun Avstraliyadagi yonilg‘ining 10 foizini ishlab chiqaradi. Ushbu korxona mamlakat ichida yonilg‘ini qayta ishlash imkoniyatiga ega bo‘lgan ikkita korxonadan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina dronlarining Rossiyaning Krasnodar o‘lkasidagi Krimsk shahriga qilgan hujumi oqibatida o‘lkadagi eng yirik neft haydash markazlaridan biri – Krimsk chiziqli ishlab chiqarish-dispetcherlik stansiyasi yonib ketgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Avstraliya neft' zavodi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing