Qozog‘istondagi dahshatli yong‘inda 3 bola halok bo‘ldi (video)
Olam
−
13 aprel 1942 1 daqiqa
Kecha, 12 aprel kuni Qozog‘istonning Ostona shahridagi ko‘p qavatli binoda 3 nafar bola yong‘inda qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda “Nur.kz” xabar berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in Yesil tumani Turkiston ko‘chasidagi 21 qavatli uyning 15-qavatidagi xonadonda sodir bo‘lgan. Hodisa vaqtida 20 kishi evakuatsiya qilingan, biroq boshqa bir xonadonda 3 nafar voyaga yetmagan bolaning jasadi topilgan. Yana bir ayol kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Politsiya yong‘in vaqtida voyaga yetmaganlar o‘limi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini bildirgan. Poytaxt sog‘liqni saqlash boshqarmasi esa yong‘inda jarohat olgan ayolning ahvoli hozir ham og‘ir ekanini ma’lum qilgan.
Nashrning yozishicha, yong‘in vaqtida noto‘g‘ri joyda turgan avtomobil o‘t o‘chirish mashinasining yo‘lini to‘sib qo‘ygan. Uning haydovchisi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar Beltepa ko‘chasida joylashgan xonadonda yuz bergan yong‘in oqibatida ona va 2 bola halok bo‘lgandi.
Live
Barchasi