Bloger Xayrulla Shokirov firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi
Jamiyat
−
29 dekabr 2025 7354 1 daqiqa
Ijtimoiy tarmoqlarda Xayrulla Shokirov nomi bilan mashhur bo‘lgan bloger juda ko‘p miqdorda firibgarlik sodir etganlikda ayblanib, qamoqqa olindi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.
Keltirilishicha, 1986 yilda tug‘ilgan Xayrulla Ubaydullayevich Shokirov Instagram, Telegram hamda YouTube ijtimoiy tarmoqlaridagi “Xayrullo Shokirov” nomli profil orqali o‘zini yirik distribyutor va tadbirkor sifatida tanishtirib kelgan. U go‘yoki chet eldan katta miqdorda anor sharbati va salqin ichimliklar olib kirib, ularni O‘zbekiston hududidagi savdo nuqtalariga yetkazib berish vakolatiga ega ekanligi haqida yolg‘on ma’lumotlar tarqatgan.
Fuqarolarga distribyutorlik orqali topgan daromadidan katta foizlarni va’da qilib, aldash yo‘li bilan ularning ishonchiga kirib, juda ko‘p miqdorda moddiy zarar yetkazgan.
Xayrulla Shokirov Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (“Firibgarlik, juda ko‘p miqdorda sodir etilishi”) bilan jinoyat ishi bilan tergovga jalb etilgan bo‘lib, unga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kadastr xodimi 5 ming dollar pora bilan qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi