BMW urib ketishi oqibatida vafot etgan xodimning oilasiga uy berildi
3-sahifa
−
06 mart 20220 2 daqiqa
Toshkent shahar IIBBda xizmat vazifasini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan kichik serjant Hosilbek Eshnazarov xotirasiga bag‘ishlab yodgorlik majmuasi ochildi va uning oilasiga uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Marosimda Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, poytaxt jamoatchiligi, Hosilbekning safdoshlari va oila a’zolari ishtirok etgan.
“Ichki ishlar bosh boshqarmasida xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlar lavhi yana bittaga ko‘paydi. Jasoratli o‘g‘lonlarning pok xotirasi yod etilib, ularning poyiga gulchambarlar qo‘yildi. Hosilbek Eshnazarovning porloq xotirasiga ehtirom ko‘rsatish tadbiri davomida Ichki ishlar vaziri tomonidan uning mashaqqatli xizmat faoliyati, Prezident tomonidan e’tirof etilgani va har bir xodimga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlandi”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, Hosilbekning oilasi, farzandlari, va ota-onasi hamisha davlat e’tiborida bo‘lib, ijtimoiy muhofazasi ta’minlab boriladi. Qashqadaryo viloyatining G‘uzor tumanidagi 62-maktabda esa Hosilbek uchun yodgorlik barpo etiladi.
Davlat rahbarining tashabbusi bilan Hosilbek Eshnazarov yuksak unvon “Jasorat” medali bilan mukofotlangandi.
Tadbirda Ichki ishlar vaziri tomonidan ushbu medal Hosilbekning otasiga topshirilgan. Shu bilan birga Prezident sovg‘asi sifatida Eshnazarovlar oilasiga uch xonali uy taqdim etilgan.
2026 yil 25 fevral kuni Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov avtomashinada yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborganligi holati yuzasidan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Jinoyat ishi doirasida Turg‘unov Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) 1-qismi va 104-moddasi 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinuvchi tariqasida jalb etilgan.
Sudning 28 fevral kungi ajrimi bilan gumonlanuvchi Turg‘unovga nisbatan “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov ustidan nazorat shaxsan Bosh prokuror tomonidan o‘rnatilgan.
Live
Barchasi