Bugun Toshkentdagi ayrim ko‘chalar yopiladi
Jamiyat
−
12 yanvar 4872 1 daqiqa
Bugun, 12 yanvar kuni O‘zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunida o‘tkaziladigan yurish marosimi munosabati bilan Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yopiq bo‘ladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, harbiy bo‘linmalarning tantanali piyoda yurishlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (Mo‘ljal: “Pushkin” metro bekati) soat 11:00 da boshlanadi va 13:00 ga qadar davom etadi.

Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan Parkent va Mustaqillik ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng, bo‘linmalar Mustaqillik va Temiryo‘l ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadi.
12 yanvar kuni yuqorida keltirilgan ko‘chalarda soat 11:00 dan 13:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.
Live
Barchasi