Chilida suyuq gaz tashuvchi yuk mashinasi portlab ketdi. Qurbonlar bor (video)

Olam

image

Chili poytaxti Santyagoda suyuq gaz tashuvchi yuk mashinasi ag‘darilib ketishi oqibatida kuchli portlash yuz berdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 19 fevral kuni Chilida suyuq gaz tashiyotgan yuk mashinasi avtomagistral va sanoat hududida ag‘darilib  ketgan va portlagan. Oqibatda kamida 4 kishi halok bo‘lgan. Yana 17 kishi jarohat olgani aytilgan. Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avariyaga uchragani aytilgan. Rasmiylarning aytishicha, yuk mashinasi haydovchisi ham voqea joyida halok bo‘lgan.

 Qayd etilishicha, yuk mashinasi mahalliy gaz kompaniyasi “Gasco”ga tegishli bo‘lgan.

O‘t o‘chiruvchilarning so‘zlariga ko‘ra, portlash taxminan 150 dan 200 metrgacha radiusda sezilgan va kamida 50 ta transport vositasiga zarar yetkazgan.

Prezident Gabriel Boricning aytishicha, portlash oqibatida 3 ta biznes ob’ektiga zarar yetgan. Ammo, hozircha keng ko‘lamli zarar haqida hech qanday ma’lumotlar yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Karachi shahridagi uch qavatli turarjoy binosida kuchli portlash oqibatida 16 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

portlash yuk mashinasi Chili

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing