Dam olish kunlarida qanday ob-havo kuzatiladi?
Bu qiziq
−
11:33 5545 1 daqiqa
O‘zgidromet 14-15 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotlarini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarida 14 mart kechqurun va 15 mart kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi.
Havo harorati 14-17 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkentda 13-15 mart kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan sekundiga 3-8 metr tezlikda esadi. Havo harorati 13-15 daraja iliq bo‘ladi.