Dembele ketma-ket ikkinchi mavsumda Fransiyada eng yaxshi futbolchi deb topildi
Sport
−
12 may 763 1 daqiqa
Professional futbolchilar milliy ittifoqi (UNFP) “Pari Sen-Jermen” hujumchisi Usmon Dembele ketma-ket ikkinchi mavsumda Fransiya 1-ligasining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda “L’Équipe” nashri xabar berdi.
Dembelening jamoadoshi Dezire Due esa, ketma-ket ikkinchi yil eng yaxshi yosh futbolchi mukofotiga sazovor bo‘ldi.
“Lans” bosh murabbiyi Per Saj mavsumning eng yaxshi murabbiyi deb topildi va bu borada PSJ ustozi Luis Enrikeni ortda qoldirdi. “Lans” darvozaboni Robin Risser esa mavsumning eng yaxshi posboni bo‘ldi.
Shuningdek, “Bavariya” yarim himoyachisi Maykl Olise xorijda o‘ynayotgan eng yaxshi fransuz futbolchisi nominatsiyasida “Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappeni ortda qoldirdi.
Liga 1 mavsumining ramziy jamoasi quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Darvozabon: Robin Risser (“Lens”)
- Himoyachilar: Nunu Mendes, Vilyan Pacho, Ashraf Xakimi (barchasi — PSJ), Malang Sarr (“Lans”)
- Yarim himoyachilar: Vitinya (PSJ), Mamadu Sangare (“Lans”), Korenten Tolisso (“Lion”)
- Hujumchilar: Meyson Grinvud (“Marsel”), Floryan Toven (“Lans”), Usman Dembele (PSJ).
Live
Barchasi