Dollar kursi yana oshdi
Jamiyat
−
07 may 2497 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 8 may kuni amalda bo‘ladigan qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 40,69 so‘mga ko‘tarildi va 12 114,97 so‘mni tashkil qildi.
Yevro kursi ham 41,86 so‘mga oshdi va 14 260,53 so‘m etib belgilandi.
Rossiya rubli 1,21 so‘mga ko‘tarildi va 162,07 so‘mni tashkil etdi.
Xitoy yuani 8,51 so‘mga oshdi va 1781,12 so‘m etib belgilandi.
Oltinning 1 grammi uchun narx esa 20 ming 100 so‘mga ko‘tarildi va 1 mln 873 ming 200 so‘mni tashkil qildi.
“TradingView” ma’lumotiga ko‘ra, bugun, 7 may Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga ko‘ra, bitkoin kursi 14 mln 393 ming 640 so‘mga tushdi va 979 mln 538 ming 40 so‘m etib belgilangan.