Endi bankdan pasportsiz 500 dollargacha pul olish mumkin

Jamiyat

image

Endilikda bankdan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz 500 dollargacha naqd chet el valyutasini olish mumkin bo‘ladi. Bu haqda bugun, 8 may kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan idoraviy hujjatda so‘z boradi.

Unga ko‘ra, mijozni tegishli tartibda tekshirish choralari o‘z ichiga mijozning shaxsini identifikatsiya qilish va tasdiqlashni, shuningdek, uning nomidan harakat qilayotgan shaxsning shaxsi va vakolatlarini tekshirishni qamrab oladi. Amaldagi tartibga ko‘ra, 100 AQSH dollargacha bo‘lgan summada bu ko‘rinishdagi tasdiqlov talab qilinmas edi.

Endilikda mijozlar bankdan 500 AQSH dollarigacha bo‘lgan naqd chet el valyutasini pasport, ID-karta yoki ularning o‘rnini bosadigan boshqa hujjatlarsiz olishlari mumkin bo‘ladi.

Mazkur yangi tartib 3 oydan keyin kuchga kirishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq huddi shu mazmundagi loyiha Markaziy bank tomonidan taklif etilgani haqida xabar berilgan edi.

Oybek Rustamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

dollar bank pul chet el valyutasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing