Endi uy sotib olmoqchi bo‘lganlar qurilishning qonuniyligini onlayn tekshira oladi
Jamiyat
−
20 dekabr 1901 2 daqiqa
Endi uy-joy sotib olishdan oldin fuqarolar qurilayotgan ob’ektlarning qonuniyligi va maqomini onlayn tarzda tekshirishlari, shuningdek, loyihaga oid hujjatlar va amalga oshirish muddatlari bilan tanishishlari mumkin. Karta Respublika urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish markazi saytida joylashgan.
Qayd etilishicha, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi onlayn-kartani ishga tushirgan. U orqali butun mamlakat bo‘ylab barcha yangi qurilayotgan ob’ektlar yoki binolarning qonuniyligini tekshirish mumkin.
“Ushbu platforma orqali nafaqat ko‘p qavatli uy-joylar, balki istalgan qurilayotgan bino yoki inshoot haqida to‘liq ma’lumot olish, shuningdek, qurilishga oid hujjatlar bilan tanishish mumkin”, deyiladi Qurilish vazirligi xabarida.
Xususan, har bir ob’ekt bo‘yicha quyidagi ma’lumotlar taqdim etilgan:
- umumiy tavsif;
- joriy holati;
- joylashuvi;
- buyurtmachi haqidagi ma’lumotlar;
- bloklar, qavatlar va kvartiralar soni;
- Bundan tashqari, ob’ektning QR-pasporti mavjud bo‘lib, unda;
- qurilishga ruxsat olingan sana;
- loyiha va pudrat tashkilotlari haqidagi ma’lumotlar;
- ekspertiza xulosalari va arxitektura-shaharsozlik kengashi qarorlari raqamlari;
- qurilish ishlarining taxminiy tugallanish muddati aks ettirilgan.
Barcha qurilayotgan ob’ektlar uch toifaga ajratilgan:
- qizil rang — qurilishi to‘xtatilgan ob’ektlar;
- ko‘k rang — qurilish jarayonida bo‘lgan ob’ektlar;
- qora rang — muzlatilgan (bekor qilingan) qurilish loyihalari.
Foydalanuvchilar ob’ektlarni kadastr ma’lumotlari orqali qidirishlari, shuningdek, yo‘nalishlar bo‘yicha saralashlari mumkin. Noqonuniy qurilish ob’ektlari alohida ajratilib, aniqlangan qoidabuzarliklar ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, dshk.shaffofqurilish.uz platformasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish ustida ishlar olib borilmoqda. Ushbu funksional yil oxiriga qadar to‘liq ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Live
Barchasi