Eron BAA, Quvayt va Bahrayndagi AQSH harbiy ob’ektlariga zarba berdi

Olam

image

Eron armiyasi Birlashgan Arab Amirliklari, Quvayt va Bahrayndagi AQSH harbiy ob’ektlariga dron zarbalari berdi. Bu haqda Press TV xabar berdi.

“Eron armiyasi BAA va Quvaytdagi AQSH bazalariga dron zarbalari berdi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, zarbalar oqibatida minglab amerikalik dengizchilar Bahraynni tark etishga majbur bo‘lishgan.

BAA Energetika, Suv resurslari va Qayta tiklanuvchi energiya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Eron dronlari zarbasi ortidan ikki elektr stansiyasi va suvni sho‘rlikdan tozalash inshootlariga zarar yetgan. Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, zarbalar davomida hech kim jabrlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Eronga Hormuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha qo‘yilgan ultimatum muddati tugab borayotganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bahrayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing