Eron izidan: Afg‘oniston Pokiston samolyotlariga qarata o‘t ochdi

Olam

image

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati ma’muriyati vakili Zabihulloh Mujohid poytaxtda yuz bergan qator portlashlardan so‘ng, Afg‘oniston kuchlari Qobul osmonida Pokiston samolyotlariga qarshi havo hududidan mudofaa (HHM) vositalarini qo‘llaganini ma’lum qildi. Bu hafda haqda “Reuters” xabar berdi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, voqea bugun, 1 mart kuni ertalab, AQSH va Isroilning Eronga bergan zarbalari hamda Fors ko‘rfazi mamlakatlaridagi javob hujumlari tufayli mintaqada keskinlik kuchaygan bir paytda sodir bo‘lgan.

Qobulda nimalar bo‘ldi?

Afg‘oniston poytaxtida portlashlar hali tong otmasdan sodir bo‘lgan, shundan so‘ng guvohlar otishma ovozlarini eshitgan. Hujum nishonlari va ehtimoliy qurbonlar haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

“Kobulda Pokiston samolyotlariga qarshi HHM vositalari bilan hujumlar uyushtirildi. Qobul aholisi xavotirga tushmasligi kerak”, deydi Mujohid.

Pokiston tomoni hozircha vaziyatga izoh bermadi.

Eskalatsiya sabablari

Vaziyatning keskinlashishi Islomobodning Afg‘oniston hududiga bergan aviazarbalaridan so‘ng boshlandi. Pokiston buni jangarilar infratuzilmasiga qarshi kurash deb tushuntirgan. Qobul esa bu harakatlarni suverenitetning buzilishi deb baholadi va 2600 kmlik umumiy chegara bo‘ylab javob choralarini e’lon qildi.

Pokiston Afg‘onistonni “Texrik-ye-Tolibon Pokiston” guruhiga boshpana berishda ayblamoqda. Afg‘oniston tomoni bunday da’volarni rad etadi.

Xalqaro hamjamiyat munosabati

Bir nechta davlatlar, jumladan, Qatar va Saudiya Arabistoni tomonlarni vazminlikka chaqirdi va vositachilikni taklif qildi. AQSH Pokistonning o‘zini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlashini tasdiqladi.

Pokiston Mudofaa vaziri Xoja Muhammad Osif vaziyatni “ochiq urush” deb ta’rifladi, Afg‘oniston ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy esa bu mojaro “juda qimmatga tushishidan” ogohlantirdi.

Eslatib o‘tamiz, Pokiston ikki tomonlama munosabatlarning keskin yomonlashishi va chegaradagi davomli janglar fonida “Tolibon” hukumatiga qarshi “ochiq urush”ga o‘tganini e’lon qilgan edi. 27 fevral kuni Pokiston aviatsiyasi Afg‘onistonning bir qator shaharlariga, xususan, Qobul, Qandahor va Paktiya viloyatlariga zarbalar berdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov “Tolibon” muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri, senator Muhammad Is’hoq Dor bilan ham telefon orqali muloqot qilib, Pokiston va Afg‘oniston o‘rtasidagi so‘nggi vaziyat yuzasidan fikr almashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qobul Pokiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing