Fransiya kuchli raketa dasturiga qo‘shilmoqchi
Jamiyat
−
23 may 945 1 daqiqa
Fransiya Buyuk Britaniya va Germaniya tomonidan ishlab chiqilayotgan uzoq masofali raketalar dasturiga qo‘shilish imkonini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda “Financial Times” xabar berdi.
Ushbu loyiha 2024 yilda Britaniya va Germaniya o‘rtasidagi mudofaa kelishuvi doirasida boshlangan bo‘lib, 2000 kilometrdan ortiq masofaga uchuvchi raketalar oilasini ishlab chiqishni nazarda tutadi. Bu raketalar dushman hududining chuqur qismidagi nishonlarni yo‘q qilishga mo‘ljallangan.
Xabarda aytilishicha, Parijning bu tashabbusga qiziqishi Yevropaning AQSHga qurol-yarog‘ sohasida bog‘liqligini kamaytirish va o‘zining uzoq masofali zarba berish imkoniyatlarini kuchaytirish istagi bilan bog‘liq.
Prezident Emmanuel Makron rahbarligidagi Fransiya Yevropa mudofaasining an’anaviy kuchlarini kuchaytirish siyosatini olib bormoqda. Shu sababli u yadro quroliga qo‘shimcha ravishda an’anaviy (konvensional) harbiy qudratni ham oshirishga intilmoqda.
Loyiha hozircha dastlabki konsepsiya bosqichida bo‘lib, unda qanotli raketalar va ehtimol gipertovushli qurollar ham ishlab chiqilishi rejalashtirilgan. Tomonlar orasida uch tomonlama muzokaralar iyun oyida o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, Buyuk Britaniya va Germaniya allaqachon mudofaa hamkorligini kengaytirish bo‘yicha kelishuv imzolagan, Fransiya esa bundan oldin Britaniya bilan ham alohida harbiy hamkorlikni mustahkamlagan edi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiya hukumati yadroviy qurolni olib kirish va saqlashga ruxsat berishni taklif qilayotgani haqida xbar berilgandi.
Live
Barchasi