Makronning qarorgohida tintuv o‘tkazildi
Olam
−
23 may 5748 1 daqiqa
Fransiyaning Parij shahridagi Yelisey saroyi – Fransiya prezidenti qarorgohida korrupsiya ishi doirasida tintuv o‘tkazildi. Bu haqda “Le Monde” xabar berdi.
Tergov “Shortcut Events” kompaniyasi bilan bog‘liq bir nechta davlat shartnomalarini o‘rganishga qaratilgan. Ushbu kompaniya yirik davlat tadbirlarini tashkil etish bilan shug‘ullangan.
Xabarda aytilishicha, tergov bevosita Emmanuel Makronni qamrab olmaydi.
Avvalroq, 14 aprel kuni tergovchilar prezident qarorgohini ham tintuv qilishga uringan, biroq o‘sha paytda ma’muriyat Fransiya Konstitutsiyasining 67-moddasiga tayangan holda bunga ruxsat bermagan. Keyinchalik esa Fransiya milliy moliyaviy prokuraturasi tintuv o‘tkazishga ruxsat olgan.
Tergov 22 yil davomida “Shortcut Events” kompaniyasidavlat marosimlarini tashkil etish bo‘yicha deyarli barcha shartnomalarni yutib kelgani aniqlanganidan keyin boshlangan. Shuningdek, 2024 yilda Normandiyadagi Omaha sohilida ittifoqchilar qo‘nishi xotirasiga bag‘ishlangan 80 yillik tadbirlar ham shu kompaniya tomonidan tashkil etilgan.
Kompaniya ushbu shartnomalarni korrupsiya yo‘li bilan olgan bo‘lishi mumkinligi gumon qilinmoqda. Tintuvlar faqat Yelisey saroyida emas, balki kompaniya ofislarida va davlat buyurtmachisi bo‘lgan Milliy yodgorliklar markazida ham o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya sobiq bosh vaziri Xose Luis Rodriges Zapatero COVID-19 pandemiyasi davrida xususiy aviakompaniyani “inqirozdan qutqarish” uchun pora olganlikda va boshqa tegishli jinoyatlarda ayblanib tergov qilinayotgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi