Fransiyada poyezd harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Qurbon bor

Olam

image

Bugun, 7 aprel kuni ertalab Fransiyaning Betyun shahridan Lans shahriga qarab harakatlanayotgan tezyurar poyezd harbiy yuk mashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida mashinist halok bo‘ldi. Bu haqda “Euronews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, to‘qnashuv oqibatida 2 kishining ahvoli og‘irlashgan, yana 27 kishi turli darajada jarohat olgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, poyezdda taxminan 350 yo‘lovchi bo‘lgan. Fransiya Transport vaziri Filip Tabaro hodisa joyiga Fransiya milliy temiryo‘l kompaniyasi (SNCF) bosh direktori va sobiq bosh vazir Jan Kasteks bilan borishini ma’lum qilgan.

Rasmiylarning so‘zlariga ko‘ra, yuk mashinasi harbiy jihozlar tashiyotgan bo‘lgan. Hodisadan so‘ng yuk mashinasi haydovchisi politsiya nazoratiga olingan. SNCF xabariga ko‘ra, Betyun va Lans orasidagi temiryo‘l qatnovi kamida bugun, 7 aprel kunining yakunigacha to‘xtatilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyaning Ulyanovsk viloyatida Chelyabinsk-Moskva poyezdi 500 ga yaqin yo‘lovchi bilan ag‘darilib ketgandi.


Maqola muallifi

Teglar

to'qnashuv Frantsiya poezd yuk mashinasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing