Futbolchi sevgilisi bilan selfi olayotganda yiqilib, vafot etdi

Sport

image

Fransiyalik futbolchi Aleksis Vergos Tailandda sevgilisi bilan suratga tushmoqchi bo‘lgan paytda tasodifan bir necha metr balandlikdan yiqilib, vafot etdi. Bu haqda “The Thaiger” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ushbu hodisa joriy yilning 5 yanvar kuni Tailandning Namuang 2 sharsharasida sodir bo‘lgan. Xabarlarga ko‘ra, Vergos sharshara yonida sevgilisi bilan selfi tushayotgan paytda sirpanib, suvga tushgan va boshi toshlarga urilgan. Dastlabki sud-tibbiy ekspertiza uning bosh jarohati tufayli vafot etganini aniqlagan. 
 
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining sevgilisi Romana ham sirpanib ketgan, ammo daraxt shoxini ushlab, hayotini saqlab qolgan. Aynan u politsiyani voqea joyiga chaqirgan. Hozirda Romana chuqur shok holatida. 

Ma’lumot uchun, Aleksis Vergos Bretan ligasidagi “Kemper Erge‑Armel” klubida o‘ynagan.


Maqola muallifi

Teglar

vafot etdi Aleksis Vergos sharshara

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing