G‘azoda Isroil zarbasi oqibatida ikki bola halok bo‘ldi
Olam
−
20 iyun 935 1 daqiqa
Bugun, 20 iyun kuni erta tongda G‘azo sektorida Isroil zarbasi oqibatida kamida ikki bola halok bo‘ldi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi.
Qayd etilishicha, zarba G‘azo shahridagi kvartiraga mahalliy vaqt bilan soat 02:00 atrofida berilgan. Rasmiylarga ko‘ra, qutqaruv ishlari davom etayotgani sababli qurbonlar soni oshishi mumkin. Yaralanganlar soni haqida hozircha ma’lumot berilmagan.
Halok bo‘lganlar 4 yoshli Zina va 14 yoshli Lana ismli opa-singillar bo‘lib, ularning jasadlari Shifo shifoxonasi morgiga olib borilgan.
“Men uyda o‘tirgan edim. Raketa to‘satdan quladi”, deydi peshonasidan jarohat olgan amakivachchasi Muhammad Safatsiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujumda o‘zi ham, rafiqasi ham jarohat olgan. Isroil harbiylari hozircha rasmiy bayonot bermagan.
G‘azo sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lum qilishicha, 2023 yil 7 oktyabrdan beri Isroilning G‘azo sektoridagi harbiy operatsiyasi oqibatida 73 018 falastinlik halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil askarlari G‘arbiy Sohil hududida 7 oylik chaqaloqni otib o‘ldirgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi