FIFA Isroil va Falastin o‘rtasida o‘yin tashkillashtirmoqchi

Sport

image

FIFA Isroil va Falastin terma jamoalariga AQSHda joriy yilning sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan 15 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar uchun yangi futbol festivalini ochib berishini taklif qilmoqda. Bu haqda tashkilot rejalaridan xabardor manbalarga tayanib, “The Athletic” nashri xabar berdi. 

Tashabbus FIFA prezidenti Janni Infantino tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u Isroilni musobaqalardan chetlatishni talab qilib kelayotgan faollar va xalqaro inson huquqlari tashkilotlarining ko‘p yillik chaqiriqlari fonida paydo bo‘ldi.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil va Falastin o‘rtasida o‘yin o‘tkazish g‘oyasi FIFA prezidenti Janni Infantino joriy yil aprel oyida Vankuver shahrida bo‘lib o‘tgan FIFA kongressida ikki tomon futbol federatsiyalari vakillarining qo‘l berib ko‘rishishi va birgalikda suratga tushishini tashkil etishga uringanidan so‘ng paydo bo‘lgan.

Ushbu festival FIFA Kengashi tomonidan 2025 yil dekabr oyida e’lon qilingan edi. Uchrashuvlar qisqartirilgan formatda va kichraytirilgan maydonlarda o‘tkaziladi, jamoalar esa yetti nafardan to‘qqiz nafargacha futbolchidan iborat bo‘ladi.

Dastlabki festival Mayami shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, faqat o‘smirlar jamoalari uchun mo‘ljallangan. 2027 yilda esa FIFA qizlar jamoalari uchun ham shunga o‘xshash festival tashkil etishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Janni Infantino Falastin Isroil FIFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing