Germaniya josuslik ayblovi bilan rossiyalik diplomatni chiqarib yubordi

Olam

image

Germaniya Rossiya elchixonasining harbiy attashesi o‘rinbosarini josuslik bilan shug‘ullangani uchun chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu haqda kecha, 22 yanvar kuni Germaniya tashqi ishlar vazirligiga tayanib, “Apnews” xabar berdi.

Qayd etilishicha, gumonlanuvchi Rossiya elchixonasiga Ukraina urushi haqida maxfiy ma’lumotlarni taqdim etgan, Rossiya razvedkasi bilan aloqalarni osonlashtirgan va sobiq harbiy xizmatchilarni jalb qilgan deb taxmin qilinmoqda. Berlin Rossiya elchisini chaqirib, diplomatni chiqarib yuborish haqida uni xabardor qilgan. Shuningdek, Rossiya elchixonasida akkreditatsiyadan o‘tgan harbiy attashe o‘rinbosari 72 soat ichida Germaniyani tark etishi kerakligini bildirgan. Biroq xodimning ism-familiyasi OAVlariga oshkor etilmagan.

“Germaniya hukumati Germaniyada josuslikka toqat qilmaydi, ayniqsa diplomatik maqom niqobi ostida emas”, dedi Tashqi ishlar vazirligi X (sobiq twitter) dagi postida.

Rossiyaning Berlindagi elchixonasi izoh berish so‘roviga hozircha javob bermagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya josuslikda gumon qilingan britaniyalik diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Rossiya elchixona josus

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing