Gretsiya ham bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqlaydi

Olam

image

Gretsiyada 2027 yilning 1 yanvaridan boshlab 15 yoshdan kichik o‘smir bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishi taqiqlanadi. Bu haqda Gretsiya hukumatiga tayanib, BBC xabar berdi.

Qayd etilishicha, Gretsiyada yosh bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga qaram bo‘lib qolishi ortidan hukumat 2027 yilning 1 yanvaridan boshlab 16 yoshga to‘lmagan o‘smirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni butunlay taqiqlaydi. Shu orqali Gretsiya bolalarning onlayn platformalarga kirishini cheklagan so‘nggi Yevropa davlatlaridan biriga aylanadi. 

Gretsiya Bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning aytishicha, bu yoshlar orasida ortib borayotgan stress va uyqu muammolari hamda ijtimoiy tarmoqlarga “qaramlik instinkti”dan qutulish uchun katta qadam bo‘ladi. 

“Biz bu qaror orqali farzandlarimizni ilhom, bilim va ijod manbai bo‘lgan tehnologiyalardan uzoqlashtirishni emas, balki ularni sog‘lom va aqlli tarzda voyaga yetishlarini ta’minlashni maqsad qilganmiz. Biz rejalashtirgan cheklovlar qiyin bo‘lishi mumkin, ammo ular bolalarimizning kelajagi uchun juda zarur ahamiyatga ega”, deydi Gretsiya Bosh vaziri.

Shuningdek, Mitsotakis Yevrokomissiya Prezidenti Ursula fon der Lyayenga maktub yo‘llab, Gretsiya voyaga yetmaganlarni himoya qilish bo‘yicha Yevropaning rivojlangan davlatlari darajasida harakat qilish uchun maxsus platforma rejasini taqdim etgan.

Uning takliflariga ko‘ra, platformada 15 yoshgacha bo‘lgan barcha bolalarning yoshini majburiy tekshirish, ushbu yosh guruhi uchun umumevropa qoidalar bandini joriy etish va har olti oyda foydalanuvchilarning yoshini qayta ko‘rib chiqish zarur.

Ma’lumot uchun, Buyuk Britaniya parlamentida ham 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini taqiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda. Agar qaror tasdiqlansa, Britaniyada ham kelgusi yildan o‘smirlarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish huquqi butunlay cheklanishi mumkin. Bundan tashqari, Fransiya, Avstriya va Ispaniyada ham shunga o‘xshash cheklovlar e’lon qilinmoqda. 

Avstraliya 2025 yilning dekabr oyida voyaga yetmagan bolalarning Snapchat, You Tube va TikTok kabi yetakchi platformalardan foydalanishini taqiqlagan edi. Shu orqali mamlakat bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishini cheklagan dunyodagi ilk davlatga aylangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ispaniya hukumati ham 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni taqiqlashga qaror qilgani haqida xabar berilgan edi.

Hojiakbar Muhammadjonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Gretsiya ijtimoiy tarmoqlar taqiqlanadi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing