Iqlimni himoya qilmagan davlatlar jazolanadi – Xalqaro sud

Olam

image

Xalqaro sud qaroriga ko‘ra, davlatlar xalqaro huquqqa muvofiq iqlimni issiqxona gazlari emissiyasi ta’siridan himoya qilish majburiyatiga ega. Bu haqda kecha, 23 iyul kuni tashkilot saytida ma’lum qilindi.

Sud BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha doiraviy konvensiyasi, Kioto protokoli va Parij kelishuvi kabi shartnomalarga a’zo davlatlar emissiyalarni kamaytirish va iqlim o‘zgarishiga moslashish, shuningdek, bu sohada bir-biri bilan hamkorlik qilish, jumladan, 1,5 daraja issiqlikni Selsiy bo‘yicha cheklash maqsadiga erishish majburiyatini tasdiqladi.

Bundan tashqari, sud qaroriga ko‘ra, iqlim shartnomalari doirasidan tashqarida ham davlatlar odatiy xalqaro huquq bo‘yicha “atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazilishining oldini olish” va bunday oqibatlarning oldini olish uchun barcha mavjud choralarni ko‘rish, shuningdek, ushbu sohada bir-biri bilan hamkorlik qilish majburiyatini oladi.

Sud qarorida ta’kidlanishicha, “toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhit ko‘plab inson huquqlaridan foydalanishning asosiy sharti” ekan, davlatlar iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashish orqali bunday huquqlardan foydalanishni kafolatlashlari kerak.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha kengashi 2021 yil 8 oktyabrdagi rezolyutsiyasida insonning toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitga bo‘lgan huquqi barcha inson huquqlaridan to‘liq foydalanish uchun muhim ahamiyatga ega, degan qarorga kelgan. BMT Bosh Assambleyasi ham 2022 yil 28 iyulda toza, sog‘lom va barqaror atrof-muhitga bo‘lgan huquqni inson huquqi sifatida tan olgan.

“Agar davlat iqlim bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmasa, u javobgarlikka tortilishi kerak”, deya qaror qildi sud.

Bunday holda, u “qonunga xilof xatti-harakatlarni to‘xtatishi, ularning takrorlanmasligini ta’minlashi, shuningdek, zarar ko‘rgan davlatlarga yetkazilgan zararni qoplashi, shu jumladan kompensatsiya va boshqa turdagi tovonlarni to‘lashi kerak”.

“Ushbu maslahat xulosasi qonuniy kuchga ega emas, lekin u katta vakolatga ega va qonuniy harakatlar, muzokaralar o‘tkazish va hukumatning iqlim siyosatini qayta ko‘rib chiqish uchun asos bo‘lishi mumkin”, deyiladi BMT veb-saytida.

Ma’lumot uchun, mazkur sud ishi boshqa davlatlar ko‘magida Tinch okeanidagi Vanuatu orol davlati tomonidan boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

iqlim Xalqaro sud

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing