Ikki viloyatda “svet” va gaz xodimlari pora bilan qo‘lga tushdi
3-sahifa
−
08:58 3415 1 daqiqa
Namangan va Surxondaryo viloyatlarida elektr va gaz ta’minoti xodimlarining noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining Kosonsoy tumani elektr tarmoqlari korxonasining 2 nafar muhandisi o‘z xizmat mavqeilaridan foydalangan holda tadbirkorning ishonchiga kirib, u tomonidan o‘ziga tegishli MCHJ binosiga o‘rnatilgan, quvvati 50 kVt.li quyosh paneli va boshqa bajarilgan ishlar uchun texnik shart hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 17 mln so‘m olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Surxondaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa “Uzuntumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi xodimi 1977 yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli gaz hisoblagichning nosozligi tufayli yuzaga kelgan 23 mln so‘m miqdoridagi qarzdorligini so‘ndirib berish va tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirmaslik evaziga 5 mln so‘m pul mablag‘ini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.
Shuningdek, ushbu g‘ayriqonuniy ishga uning 1988 yilda tug‘ilgan hamkasbi ham aloqador ekanligi aniqlangan.
Hozirda har ikki holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo viloyatida Kadastr agentligi bo‘limi bosh inspektori pora bilan qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi