Isroilning Livanga hujumida 3 qutqaruvchi halok bo‘ldi
Olam
−
29 aprel 2162 2 daqiqa
Kecha, 28 aprel kuni Isroilning Livan janubida joylashgan Majdal-Zoun shahridagi binoga ketma-ket 2 marta amalga oshirgan havo hujumlari oqibatida kamida 5 kishi, jumladan 3 nafar favqulodda vaziyatlar hodimi halok bo‘ldi. Mamlakat Bosh vaziri buni “xarbiy jinoyat” deb atadi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Livan Sog‘liqni saqlash vazirligining bildirishicha, birinchi hujumda 2 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. Ikkinchi hujum oqibatida esa binoda qolib ketganlar va yaralanganlarni qutqarish uchun jalb etilgan 3 nafar qutqaruvchi harobalar ostida qolib, vafot etgan. Vazirlik 2 nafar fuqaroning shaxsini ochiqlamagan. Bundan tashqari, Livan armiyasining 2 nafar askari og‘ir yaralanib shahar shifoxonasiga yotqizilgan.
Isroil hukumati ushbu hujum orqali 3 nafar “Hizbulloh” askari yo‘q qilinganini, “Hizbulloh”ning Tel-Avivga hujumlari oqibatida esa ikki nafar tinch aholi, Livanda esa 16 askari qurbon bo‘lganini bildirmoqda.
Livan Bosh vaziri Navaf Salam tinch aholini himoya qilish bilan shug‘ullanayotgan qutqaruvchilarni nishonga olishni vaxshiylik hamda harbiy jinoyat deb atagan.
Ma’lumot o‘rnida, Isroilning Livanga hujumlari joriy yilning 2 mart kuni “Hizbulloh”ning Livan politsiyasi binosiga raketa hujumini amalga oshirganidan so‘ng boshlangan. Ayrim siyosatchilarning bildirishicha, mamlakat politsiyasi Isroil tomonidan moliyalashtiriladi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu esa hujumlar “Hizbulloh” to‘liq yo‘q qilinmaguncha davom etishini bildirgan.
Mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, mart oyidan buyon 2500 dan ortiq livanlik, jumladan 103 nafar tibbiyot xodimi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroilning Livanga hujumi oqibatida kamida 5 kishi, jumladan, 1 nafar jurnalist halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Hojiakbar Muhammadjonov
Live
Barchasi