Qariyb 72 kg narkotikni Rossiyaga olib ketishga uringanlar ushlandi
3-sahifa
−
15:03 1117 1 daqiqa
Giyohvandlik vositalarini qo‘shni davlatdan Toshkent shahri orqali Rossiya Federatsiyasiga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tmoqchi bo‘lgan jinoiy uyushma a’zolari ushlandi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, transmilliy jinoiy uyushma a’zolari giyohvandlik vositalarini qo‘shni davlatdan Toshkent shahri orqali Rossiya Federatsiyasiga kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tishni rejalashtirgan. Poytaxtda o‘tkazilgan tezkor qidiruv tadbirlari natijasida 1993 yil, 1991 yil, 1986 yil va 1981 yillarda tug‘ilgan 4 nafar shaxs Toshkent shahri Yangi Hayot tumani hududidagi dala maydoniga yashirib ketilgan 71.8 kg giyohvandlik vositasini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu shaxslar uyushgan narkojinoiy guruhning O‘zbekistondagi tashkilotlaridan bo‘lib, Rossiyada yashovchi tanishining ko‘rsatmasiga asosan ko‘rsatilgan geolokatsiyadan giyohvandlik vositalarini olib, uni Rossiyaga yuborishi kerak bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoiy uyushma a’zolariga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyovandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib qamoqqa olingan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatining Navoiy shahrida giyohvand moddalarni sotish bilan shug‘ullanuvchi yirik jinoiy guruh faoliyati fosh etilgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi