Qashqadaryoda IIB xodimi pora bilan ushlandi (video)

3-sahifa

image

Qashqadaryo viloyatida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar bilan bog‘liq tekshiruvni “ijobiy hal qilib berish”ni va’da qilgan IIB xodimi va vositachi tezkor tadbirda ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati ma’lum qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida yashovchi 1983 yilda tug‘ilgan ayol va uning 2009 yilda tug‘ilgan qizi telefonlarida diniy mazmundagi taqiqlangan materiallar aniqlangani yuzasidan viloyat IIB tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilgan.

Shundan so‘ng, mazkur masalani “tanishlari orqali hal qilib berish”ni va’da qilgan 1978 yilda tug‘ilgan shaxs ayol tomonidan berilgan 3 million so‘mni olgan vaqtida ushlangan.

Tezkor tadbir davomida esa ushbu ishni ijobiy hal qilib berish evaziga vositachidan 2,5 million so‘m olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati IIB Tezkor qidiruv xizmati tezkor vakili ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Hozirda IIB xodimiga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) vositachiga nisbatan esa Jinoyat kodeksining 212-moddasi (pora olish-berishda vositachilik qilish) moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqand viloyatida o‘zini Ichki ishlar vazirligida ishlashini aytib ichki ishlar tizimi bilan bog‘liq masalalarni hal qilib berishni aytib evaziga fuqarolardan pul olayotgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qashqadaryo IIB Dehqonobod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing