“Tayson”ning “toshbaqa”si jarima maydoniga qo‘yildi (video)
3-sahifa
−
10 may 8533 1 daqiqa
Kecha, 9 may kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida “O‘zbek Tayson” nomi bilan tanilgan MMA jangchisi Jasurbek Jo‘rayev YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangani uchun uning “toshbaqa” laqabli mashinasi jarima maydoniga qo‘yildi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Jo‘rayev boshqaruvida bo‘lgan Kia Sonet ko‘rilgan choralar natijasida to‘xtatilgan. Haydovchidan YPX xodimiga bo‘ysunmay harakatlanganining sababi so‘ralganda, haydovchilik guvohnomasiga ega emasligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va avtomobil jarima maydoniga joylashtirilgan.
“Yaqinda “prava” olaman. Hozir mashg‘ulotlar va sport bilan bo‘lib vaqt topolmadim, ulgurolmayapman. Qonun hamma uchun bir xil. Qilgan ishimdan afsusdaman, hech kimga tavsiya bermayman”, degan “Tayson”.
Live
Barchasi