Qashqadaryoda maktab direktori ishga kirmoqchi bo‘lgan ayolga jinsiy aloqa taklif qildi (audio)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati, Ko‘kdala tumani 17-maktab direktori ishga kirmoqchi bo‘lgan ayolga jinsiy aloqa taklif qilgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, mazkur holat boshqarma tomonidan o‘rnatilgan tartib asosida o‘rganib chiqilgan. Boshqarma boshlig‘ining bugun, 16 oktyabrdagi 844-K-sonli buyrug‘i bilan maktab direktori vazifasidan ozod etilgan.

“Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi pedagog maqomiga dog‘ tushiruvchi har qanday salbiy holatni qoralaydi va keskin choralar ko‘rilishini ma’lum qiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi ayollarga jinsiy aloqa evaziga maktab direktori lavozimini taklif qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

o'qituvchi direktor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing