O‘zbekistondagi maktablarda qancha o‘qituvchi ishlashi aytildi

Jamiyat

image

2024-2025 o‘quv yili boshida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni 564,9 ming nafarni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2015-2016 o‘quv yili boshiga nisbatan taqqoslaganda 170,9 ming nafarga yoki 43,4 foizga oshgan.

O‘qituvchilarning 71 foizi yoki 401,3 ming nafarini ayollar, 29 foizi 163,6 ming nafarini erkaklar tashkil etgan.

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘qituvchilar soni yillar kesimida:

  • 2015-2016 o‘quv yili boshiga – 385 ming nafar;
  • 2016-2017 o‘quv yili boshiga – 390,6 ming nafar;
  • 2017-2018 o‘quv yili boshiga – 409,4 ming nafar;
  • 2018-2019 o‘quv yili boshiga – 444,2 ming nafar;
  • 2019-2020 o‘quv yili boshiga – 486,6 ming nafar;
  • 2020-2021 o‘quv yili boshiga – 508 ming nafar;
  • 2021-2022 o‘quv yili boshiga – 510 ming nafar;
  • 2022-2023 o‘quv yili boshiga – 521,6 ming nafar;
  • 2023-2024 o‘quv yili boshiga – 547,8 ming nafar;
  • 2024-2025 o‘quv yili boshiga – 564,9 ming nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tabrik yo‘llagandi. Prezidentning ta’kidlashicha, 2026 yildan Qoraqalpog‘iston va barcha viloyatlarda Prezident maktablari kabi “Yangi avlod” bog‘chalari tashkil etilib, ularda tarbiyachilar ilg‘or pedagogik texnologiyalarni o‘rganadi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston o'qituvchi statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing