Qirg‘izistonning Erondagi elchixonasi o‘z faoliyatini to‘xtatdi

Olam

image

Qirg‘iziston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Eron Islom Respublikasidagi elchixonasining faoliyati vaqtincha to‘xtatilganini e’lon qildi. Bu haqda “Open.kg” xabar berdi.

Qayd etilishicha, vazirlik hozirda Eronda bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolariga hushyor bo‘lish, shaxsiy xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilish, gavjum va potensial xavfli joylardan uzoq yurish hamda mahalliy hokimiyat talablariga amal qilish qat’iy tavsiya etilgan.

Shuningdek, vazirlik har doim shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni o‘zlari bilan olib yurish va rasmiy yangiliklarni kuzatib borish muhimligini ta’kidlagan. Bundan tashqari, vazirlik fuqarolariga vaqtincha Eronga safar qilishdan tiyilishni tavsiya etgan.

Favqulodda holatlar yuzaga kelganda yoki konsullik yordami zarur bo‘lsa, fuqarolar darhol Qirg‘iz Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Konsullik departamentiga yoki Qirg‘izistonning qo‘shni davlatlardagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishi so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Tashqi ishlar vaziri Erondan barcha diplomatik xodimlarini olib chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Qirg'iziston elchixona faoliyatini to'xtatdi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing