Qoraqalpog‘istonda metan “zapravka”lar vaqtincha yopildi

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘istonda havo haroratining pasayishi sababli metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda kecha, 25 fevral kuni “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, havo haroratining keskin pasayishi magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimi tushib ketishiga sabab bo‘lgan.

“Birinchi navbatda shaxsiy xo‘jaliklar va ijtimoiy ahamiyatga ega ob’ektlarni barqaror gaz bilan ta’minlash asosiy vazifa hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu choralar faqat sovuq kunlarda aholiga barqaror gaz ta’minotini kafolatlash maqsadida amalga oshiriladi va vaziyat barqarorlashgach, cheklovlar bekor qilinadi va holat 3-4 kun ichida ijobiy hal etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev hukumat vakillarining Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlar bilan o‘tkazgan uchrashuvida metan gaz “zapravka” qurishga ruxsat yo‘qligini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Qoraqalpog'iston “zapravkalar”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing