Qoraqalpog‘istondagi metan “zapravka”lar uzluksiz ishlaydi – Energetika vazirligi
Jamiyat
−
26 fevral 2126 1 daqiqa
Avvalroq, “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali Qoraqalpog‘istonda havo haroratining pasayishi sababli metan “zapravka”lar faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritilishi haqida xabar bergan edi. Energetika vazirligi mazkur xabarni rad etib, hududdagi “zapravka”lar uzluksiz ishlashini ma’lum qildi.
Vazirlikka ko‘ra, magistral gaz quvurlarida bosim bir me’yorda bo‘lib, barcha hududlardagi, jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “metan zapravka”lar ham uzluksiz faoliyat yuritadi.
Eslatib o‘tamiz, “Hududgaz Qoraqalpog‘iston” gaz ta’minoti filiali xabarida havo haroratining keskin pasayishi magistral gaz tarmoqlarida gaz bosimi tushib ketishiga sabab bo‘lgani aytilgan edi. Shuningdek, ushbu choralar faqat sovuq kunlarda aholiga barqaror gaz ta’minotini kafolatlash maqsadida amalga oshirilishi, vaziyat barqarorlashgach, cheklovlar bekor qilinishi va holat 3-4 kun ichida ijobiy hal etilishi ma’lum qilingandi. Biroq Energetika vazirligi bayonotidan so‘ng bu haqdagi xabar gaz ta’minoti filialining Telegram-kanalidan o‘chirib tashlandi.
Live
Barchasi