Qoraqalpog‘istonda “opiy” sotayotganlar ushlandi

Olam

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida giyohvandlik vositalarini sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda muqaddam sudlangan mahalliy fuqaro 9 gramm “opiy” moddasini Shumanay tumanida yashovchi mijozga 4 mln so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan. 

Shuningdek, nukuslik narkosavdogarning yonidan qo‘shimcha 5 gramm “opiy” ham topilgan. 

Aniqlanishicha, u taqiqlangan moddani muqaddam giyohvandlik vositalari savdosi bilan bog‘liq jinoyati uchun sudlangan tanishidan olgan. Xo‘jayli tumanida davom ettirilgan tezkor tadbir davomida mazkur shaxs 20 gramm “opiy”ni 8 mln so‘mga pullayotgan paytda qo‘lga olingan. 
Bundan tashqari, uning yonida bo‘lgan sumkadan ham 1 kg 176 gramm “opiy” moddasi olingan. 

Ma’lum bo‘lishicha, mazkur giyohvandlik vositasi Tojikiston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan.

Hozirda uchchala qonunbuzarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi (kontrabanda) 2-qismi va 273-moddasi (giyovandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq bunday jinoyat sodir qilgan shaxslar 10 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatida 11 kilogrammdan ziyod narkotik moddalarni avtomashinaning yoqilg‘i bakida yashirincha olib kirishga uringanlar qo‘lga olingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Nukus Qoraqalpog'iston “opiy”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing