Quyoshda bu yilgi eng kuchli chaqnash sodir bo‘ldi
Olam
−
11 noyabr 2910 1 daqiqa
Kecha, 10 noyabr kuni Quyoshda joriy yildagi eng kuchli chaqnash qayd etildi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, portlash kuchi X5.1 darajaga yetgan. Keyinchalik u X5.15 ko‘rsatkichni qayd etib, 2024 yilning oktyabrdan buyon kuzatilgan eng yirik hodisaga aylangan.
Qayd etilishicha, chaqnash 4274-raqamli faol hududda sodir bo‘lgan. Bu hudud ayni paytda Yerga ta’sir qilish imkoniga ega bo‘lgan zonada joylashgani sababli, chaqnashdan kelib chiqadigan radioshovqinlar, aloqa uzilishlari yoki magnit bo‘ron kuchayishi ehtimoli mavjud.
Quyosh rentgen nurlanishi grafiklari onlayn tarzda yangilanmoqda. Mutaxassislar hodisa davom etayotganini, faollik esa pasaymayotganini ta’kidlayapti.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning oktyabr oyida ham Quyoshda faollik sezilarli darajada oshib, eng kuchli chaqnashlaridan biri qayd etilgan edi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi