Kamilla Rahimova O‘zbekistonning birinchi raketkachisiga aylandi

Sport

image

Xalqaro ayol tennischilar assotsiatsiyasi (WTA) professional tennischilarning haftalik yangi reytingini e’lon qildi. Unga ko‘ra, o‘zbekistonlik tennischi Kamilla Rahimova top-100 talikdan joy oldi va O‘zbekistonning birinchi raketkachisiga aylandi.

Yangilangan reytingda yaqinda O‘zbekiston fuqaroligini olgan Kamilla Rahimova 97-o‘rin bilan O‘zbekistonning birinchi raketkasiga aylandi. Undan keyingi o‘rinda yana bir mahalliylashtirilgan tennischi Polina Kudermetova 104-o‘rin bilan O‘zbekiston tennischilari orasida 2-o‘rinni egallab turibdi. Mariya Timofeyeva 143-o‘rin, Layma Vladson esa 881-pog‘onada bormoqda. 

WTA reytingda belaruslik Arina Sobolenko katta farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi pog‘onadan polshalik Iga Svyontek joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka amerikalik Koko Gauff yakun yasagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston fuqaroligini olgan Kamilla Rahimova  Fransiyaning Anje shahrida bo‘lib o‘tgan WTA 125 Open Angers Arena Loire turnirida chempionlikni qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

tennis WTA Kamilla Rahimova Polina Kudermetova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing