Katanetsning yordamchilari O‘FA ustidan shikoyat qildi
Sport
−
18 Oktabr 9594 2 daqiqa
Tarmoqlarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanetsning yordamchilari O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasiga (O‘FA) qarshi FIFA'ga da’vo qilish orqali muddatidan avval yakunlangan shartnoma uchun 350 ming yevro talab qilishmoqchi ekani haqida xabarlar tarqaldi. Shu munosabat bilan O‘FA rasmiy bayonot berdi.
“O‘zbekiston milliy terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi yordamchi murabbiylarining mehnat shartnomalarida belgilangan “bosh murabbiyning mehnat shartnomasi bekor qilinsa, yordamchi murabbiylarning ham shartnomasi bir vaqtning o‘zida bekor qilinishi” opsiyasi amalga oshganligi tufayli, ular bilan shartnomalar avtomatik tarzda bekor qilingan va bu haqda ularga ma’lum qilingan”, deyiladi O‘FA bayonotida.
Shuningdek, O‘FA sobiq bosh murabbiyning shartnomasi tomonlar roziligi bilan bekor qilingani va jamoaga yangi murabbiylar shtabi kelishi sababli yordamchi murabbiylar shartnomalari ham bekor bo‘lganini bildirgan.
Qayd etilishicha, sobiq murabbiylar shtabi vakillarining mehnat shartnomalariga kiritilgan ushbu bandlar FIFA va Sport Arbitraj sudi yurisprudensiyasida normal amaliyot sifatida qabul qilinadi.
Assotsiatsiyaning ma’lum qilishicha, sobiq bosh murabbiy yordamchilariga boshqa yosh toifasidagi terma jamoalarda ishlash bo‘yicha takliflar berilgan, biroq shartnoma bir necha yillardan buyon Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rgan terma jamoa uchun tuzilgani uchun ular rad javobini berishgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 yanvar kuni Srechko Katanets sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolar sababli O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan tuzilgan shartnomani o‘zaro rozilik bilan bekor qilishga qaror qilingan edi.
Live
Barchasi