Kevin De Bryuyne jiddiy jarohat oldi

Sport

image

Italiyaning “Napoli” klubi yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne mushaklaridagi og‘ir jarohat sabab yil oxirigacha safdan chiqdi. Belgiyalik futbolchining o‘ng sonidagi mushaklarida “yuqori darajadagi yorilish” aniqlangan. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

De Bryuyne “Napoli”ning “Inter”ga qarshi uchrashuvida jarohat olib, o‘yinning birinchi bo‘limidayoq tibbiyot xodimlari yordamida maydonni tark etgan. Shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida 34 yoshli futbolchining son mushaklari jiddiy shikastlangani ma’lum bo‘lgan. Qayd etilishicha, De Bryuyne allaqachon reabilitatsiya jarayonini boshlagan. 

Belgiyalik futbolchi 2023 yil yozida o‘ng son payidagi muammoni bartaraf etish uchun jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan edi. Shunga qaramay, eski jarohat endi yana qaytalangan bo‘lishi mumkin.

Italiyaga kelganidan beri De Bryuyne “Napoli” safida oltita o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol, urgan ularning uchtasini esa penaltidan kiritgan. Endi esa futbolchi jamoasining muhim A Seriya  va Yevropa Chempionlar ligasi o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi.
 
Ma’lumot uchun, Kevin De Bryuyne 2025 yil yozida Angliyaning “Manchester Siti” jamoasini erkin agent sifatida tark etib, Italiyadagi “Napoli” klubiga qo‘shilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Napoli Italiya Bel'giya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing