Xitoylik astronavtlar koinotda qolib ketdi
Olam
−
07 noyabr 43589 2 daqiqa
Xitoyning “Tyangun” kosmik stansiyasida bo‘lgan «Shenchjou-21” ekipaji qaytish kapsulasiga mikroskopik kosmik chiqindilar urilgani tufayli Yerga qayta olmadi. Bu haqda “China Manned Space Agency” (CMSA) xabar berdi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 5 noyabr kuni uch kishilik “Shenchjou-21” jamoasining Yerga qaytishi rejalashtirilgan bo‘lgan. Ammo kapsula zararlangani tufayli muhandislar ta’sir tahlili va xavf bahosini olib borgan va missiya vaqtincha uzaytirilgan, qaytish sanasi esa noma’lum muddatga kechiktirilgan. Qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.
Ekipajning qaytish kapsulasiga kosmik chiqindilarning juda kichik bo‘laklari urilgani taxmin qilinmoqda. CMSA zararning qanchalik jiddiy ekanini yoki kapsula ta’mir talab qiladimi-yo‘qmi, aniqlamagan. Agar kapsulani ta’mirlab bo‘lmasa, protokolga ko‘ra “Shenchjou-20” ekipaji Yerga “Shenchjou-21” orqali qaytadi.
Qayd etish joiz, “Shenchjou-21” dasturi odatda olti oylik missiya uchun uch nafar xitoylik astronavtni “Tyangun” kosmik stansiyasiga olib boradi va qaytaradi. Ular ilmiy tajribalar olib borish, stansiyani texnik xizmatdan o‘tkazish va kosmik chiqindilar yetkazgan zararlarni tuzatish kabi vazifalarni bajaradi.
Ularning o‘rnini bosuvchi “Shenchjou-21” jamoasi joriy yilning 1 noyabr kuni stansiyaga muvaffaqiyatli ulangan. Bu ekipaj tarkibida Chjan Xongjang, U Fey va Chjan Lu bor. Xitoy 2003 yilda boshqariladigan kosmik parvoz dasturini yo‘lga qo‘yganidan buyon imkoniyatlarini kengaytirgan, o‘zining kosmik stansiyasini qurgan va 2030 yilgacha Oyga astronavtlarni qo‘ndirishni maqsad qilmoqda.
“Associated Press” va “Reuters” xabariga ko‘ra, «Shenchjou-20” astronavtlari – missiya komandiri Chen Dong, jangi uchuvchi Chen Chjunjuy va muhandis Van Jie joriy yilning aprel oyida olti oylik navbatchilik uchun “Tyangun” kosmik stansiyasiga borgan. Ular missiyaning yakuniga yaqinlashganda muammo yuzaga kelgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoyning “Chanchjen-2F” raketa tashuvchisi “Shenchjou-21” bortida uch astronavt va to‘rtta sichqon bilan “Tyangun” orbita stansiyasiga yo‘l olgandi.
Mohichehra Qadamova
Live
Barchasi