Qoraqalpog‘iston va Xorazmda shamol uylar tomini uchirib ketdi (foto)

Jamiyat

image

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuchli shamol sabab daraxtlar qulab tushdi va uylar tomi uchib ketdi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” xabar qildi.  

Xorazm viloyati hududida kuzatilgan kuchli shamol oqibatida ba’zi joylarda daraxtlarning qulashi, elektr uzatish havo liniyalarining uzilishi hamda ayrim xonadonlarning tomiga zarar yetishi holatlari qayd etilgan.

Shuningdek, kuchli shamol Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham uylarning tomini uchirib yuborgan. Daraxtlar qulab, elektr tarmoqlarida nosozliklar vujudga kelgan. 

Vaziyat mutasaddi tashkilotlar tomonidan to‘liq nazoratga olingan. Ikkala hududdagi barcha nosozliklarni bartaraf etish va iste’molchilarning elektr ta’minotini qayta tiklash choralari ko‘rilgan.

“Keltirilgan noqulaylik uchun iste’molchilardan uzr so‘raymiz”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zgidromet tezkor ogohlantirish bilan chiqib, 14-17 aprel kunlari O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo massalari kirib kelishi haqida ogohlantirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Qoraqalpog'iston kuchli shamol talafot

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing