Toshkent viloyatida vazirlik xodimasi pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
06 may 11129 2 daqiqa
Toshkent viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasida ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Toshkent viloyatida qayd etilgan holatda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi metodisti xususiy oilaviy bog‘cha tashkil qilmoqchi bo‘lgan fuqarodan xonadonning sanitariya talablariga mosligi bo‘yicha ruxsatnoma tayyorlatib berish evaziga 1,5 mln so‘m hamda yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi yuzasidan ijobiy xulosa olib berish uchun 200 AQSH dollari talab qilgan. U so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, metodistdan 200 AQSH dollarini olgan vaqtida tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi katta inspektorining ham noqonuniy harakatiga chek qo‘yilgan.
Shu bilan birga, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Chimboy tumanida yashovchi, 1970 yilda tug‘ilgan ayol Kegeyli tumanida istiqomat qiluvchi, 1969 yilda tug‘ilgan fuqaroga yoshga doir nafaqa tayinlanishida uning ish stajini ko‘paytirib berish evaziga 7 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.
Aniqlanishicha, ayol bu ishni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida mas’ul lavozimda faoliyat yurituvchi o‘g‘li orqali amalga oshirishni rejalashtirgan.
Hozirda ushbu holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatida IIB Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi kichik inspektori ichki ishlar organlariga ishga kiritib qo‘yish evaziga pora talab qilgandi.
Live
Barchasi