Xorazmda “svarka apparat” ichiga “geroin” yashirgan shaxs ushlandi (video)

3-sahifa

image

Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida payvandlash uskunasiga qariyb 1,5 kg “geroin” yashirgan shaxs ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qo‘shko‘pir tumani markazidagi avtoturargohda turgan, Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, 25 yoshli shaxs xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning yuk sumkasida bo‘lgan temir payvandlash uskunasi ichiga xufiyona tarzda 1 kg 460 gramm “geroin” va 27 gramm “opiy” moddalari yashirilgani ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, u muqaddam tojikistonlik narkosavdogarlardan olgan ushbu moddalarni Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi mijozlarga sotib, daromad topishni maqsad qilgan. 

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ayni paytda mazkur jinoyatga aloqador boshqa shaxslarni aniqlash ishlari boshlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Urganch shahrida salkam 1 kg “opiy” saqlagan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Xorazm Qo'shko'pir geroin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing