Kimning singlisi AQSH va Janubiy Koreyani keskin tanqid qildi

Olam

image

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning singlisi Kim Yo Chjon AQSH va Janubiy Koreya boshlagan qo‘shma harbiy mashqlarni keskin tanqid qildi. Bu haqda Koreya Markaziy telegraf agentligi xabar berdi.

Bayonot “Koreya yarimoroli va mintaqada tinchlik hamda xavfsizlikni himoya qilish borasida davlatimizning qat’iy irodasi” sarlavhasi bilan e’lon qilingan.

Unda aytilishicha, 9 martdan 19 martgacha o‘tkazilayotgan “Feedom Shield” nomli qo‘shma harbiy mashqlar mintaqadagi xavfsizlikka tahdid soladi.

Kim Yo Chjonning ta’kidlashicha, Shimoliy Koreya bunday harakatlarga javob berish uchun juda kuchli va oldindan zarba beruvchi harbiy harakatlarga tayyor turishi kerak.

“9 martdan raqib davlatlar bizga nisbatan doimiy dushmanlik siyosatini namoyon qilib, yana bir yirik qo‘shma harbiy mashqlarni boshladi”, deyiladi bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kim Chen In Janubiy Koreyani butunlay yo‘q qilish bilan tahdid qilgandi.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Kim Chen In Janubiy Koreya Shimoliy Koreya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing