Kolumbiyada harbiy samolyot halokatga uchradi. 34 nafar qurbon bor

Olam

image

Kolumbiyada askarlarni olib ketayotgan harbiy samolyot halokatga uchradi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Hercules C-130 samolyoti Kolumbiya-Peru chegarasidagi Puerto-Leguizamodagi bazadan parvoz qilganidan ko‘p o‘tmay halokatga uchragan. 

Kolumbiya havo kuchlari qo‘mondoni Karlos Fernandoning so‘zlariga ko‘ra, bortda 114 yo‘lovchi va 11 ekipaj a’zosi bo‘lgan. Kolumbiya Prezidenti Gustavo Petro X tarmog‘ida 77 kishi shifoxonaga olib ketilganini va 43 kishi bedarak yo‘qolganini yozgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa oqibatida 34 kishi halok bo‘lgani aytilgan.

Prezident Gustavo Petro X da halokatga uning harbiy modernizatsiya dasturini, jumladan, samolyotlarni sekinlashtirayotgan “byurokratik muammolar” sabab bo‘lganini aytgan.

“Men boshqa kechikishlarga yo‘l qo‘ymayman, yigitlarimizning hayoti xavf ostida”, deb yozgan Gustavo Petro.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Boliviyada naqd pul ortilgan harbiy yuk samolyoti halokatga uchrashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

samolyot Kolumbiya Gustavo Petro

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing