Eron AQSHning ikki samolyotini urib tushirdi
Olam
−
09:40 5335 1 daqiqa
Eron mamlakat havo hujumidan mudofaa tizimlari A-10 Thunderbolt II samolyotini Hormuz bo‘g‘ozi yaqinida urib tushirdi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.
Nashrning ma’lumotiga ko‘ra, samolyot urib tushirilgach, Fors ko‘rfazi suvlariga qulagan.
Qolaversa, boshqa OAVlar rasmiylarga tayanib, shu hududda A-10 samolyoti qulagani haqida yozgan. Xabarga ko‘ra, uchuvchi qutqarilgan, ammo halokat sababi ochiqlanmagan.
Bu hodisa so‘nggi 24 soat ichida yo‘qotilgan ikkinchi AQSH harbiy samolyoti bo‘lishi mumkin. Oldinroq Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi yana bir AQSH qiruvchi samolyoti urib tushirilganini bildirgan. Dastlab u F-35 deb aytilgan, ammo ekspertlar bu aslida F-15E ekanini aniqlagan.
AQSH tomoni ham bitta jangovar samolyot yo‘qotilganini tasdiqlagan. Ekipajdan bir nafari qutqarilgan, ikkinchi uchuvchining taqdiri hozircha noma’lum.
AQSH Prezidenti Donald Tramp bu yo‘qotishlar Eron bilan muzokaralarga ta’sir qilmasligini aytib, “bu urush” deb izoh bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Eronga qarshi “Epik g‘azab” harbiy operatsiyasi boshidan beri 365 nafar amerikalik harbiy jarohat olgani, 13 nafari esa halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Live
Barchasi