Kyurasao terma jamoasi Ginnessga kirdi
Sport
−
19 iyun 1697 1 daqiqa
Kyurasao milliy terma jamoasi Jahon chempionatida ishtirok etgan eng kam aholiga ega mamlakat sifatida Ginness rekordlar kitobiga kiritildi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Karib dengizida joylashgan orol aholisi taxminan 156 ming nafarni tashkil etadi. Shu tariqa, Kyurasao Jahon chempionatida qatnashgan mamlakatlar orasida aholisi eng kam davlat maqomini oldi.
Joriy yilning 14 iyun kuni Kyurasao terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Debyut bahsida jamoa Germaniyaga qarshi maydonga tushib, 1:7 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Kyurasao Niderlandiya Qirolligi tarkibidagi avtonom davlat hisoblanadi. 2010 yilgacha esa orol Niderlandiya Antil orollari tarkibida bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, 2026 yilgi Jahon chempionati Kyurasao Kot-d’Ivuar, Ekvador va Germaniya terma jamoalari bilan birga bir guruhdan o‘rin olgan. Endilikda Dik Advokat boshchiligidagi terma jamoa joriy yilning 21 iyun kuni Ekvadorga qarshi maydonga tushadi. So‘ngra 26 iyun kuni Kot-d’Ivuar bilan to‘qnash keladi.
Live
Barchasi